09:24 / 12.10.2015
13621

Home Marketdan bonuslar mavsumi

Qadim zamonlardanoq odamlar sher terisi, mamontning tishi va yovvoyi tikanakli o‘simlik novdasidan foydalangan holda o‘z turar-joylarini jihozlashga harakat qilishgan. Evolyutsiya sababli insoniyatning ta'bi va ehtiyojlari o‘zgardi, bugungi kunda uy uchun tovar tanlar ekansiz, ko‘zingiz “o‘ynaydi”. Tanlov darhaqiqat juda xilma-xil, ammo xarid qilish jarayoni deganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida har doim ham sifatli bo‘lmagan mahsulotlar,terminal orqali to‘lovlarni qabul qiluvchi sotuvchilarni izlash kerak bo‘lgan shovqin-suronli bozor gavdalanadi. Biroq Toshkentda xarid qilish jarayoni yoqimli bo‘lgan, sovg‘alar ulashuvchi Home Market bor.

Home Martket- Toshkendagi eng katta do‘kon bo‘lib, bu yerda uy uchun kerakli 25 000 xil nomdagi mahslotlar taqdim etilgan va 12 ta bo‘lim ishlamoqda. Ba'zida chiroyli “narsalar”, o‘z “quchog‘iga” tortayotgan qulay o‘rindiq va divanlar ko‘pligidan adashib qolayotgandek bo‘lasiz. Bu marketga tashrif buyurar ekansiz, xayolingizga keladigan ilk fikr “menga hammasi kerak”dir. Mebel, eshiklar, idish-tovoqlar, tekstil, kiyim-kechak va milliy matolardan tayyorlangan aksessuarlar va boshqa juuuuuda ko‘p narsalar. Tabiiysidan farqlash mushkul bo‘lgan sun'iy gullar. Tirik o‘simliklar uchun esa o‘ziga xos mikroiqlim va maxsus yoritish tizimi yaratilgan. Peshtaxtalarda namoyish etilgan barcha brendlar original bo‘lib, bundan tashqari, kafolat amal qiladi, zavoddan chiqqan yaroqsiz mahsulot esa almashtirib beriladi. Kompaniyaning mijozga yo‘naltirilganiligi faqat bunda namoyon bo‘lmaydi, sotuvchi-maslahatchilar kerakli mahsulotni tanlash, peshtaxtalar orasida adashganlarni qutqarish, divanning test-drayvi vaqtida uyquga ketgan xaridorlarga esa uyg‘onish uchun yordamga keladilar.

Hamma sovg‘alarni birdek xush ko‘radi, agar ularning narhi yana qulay bo‘lsa, bu qalblarimizga moydek yoqadi. Home Market g‘aroyib aksiyalar boshlanganini e'lon qiladi. Nima uchun g‘aroyib deysizmi? Chunki Toshkentda bunday aksiya hali bo‘lmagan! Demak, mega-aksiyada ishtirok etish tartiblarini qadam-baqadam tushuntiramiz. Boshlanishiga Home Marketdan 1 oktabrdan 31 oktabrga qadar bitta chekda 100 ming so‘m miqdoridagi xaridni amalga oshirishga ulgurish kerak. Keyin esa yashil rangdagi sehrli ustun yoniga kelib, konteyner-barabandan 50 foiz, 20 foiz, 15 foiz, 10 foiz, 5 foizli yutuq ko‘rsatilgan orzudagi chiptani yoki “sovg‘a”ni olish lozim. Qanday chipta tortib olinganiga qarab do‘kon xodimlari vaucher berishadi. Uni to‘ldirib, yutuqni olish kerak bo‘ladi. Masalan, Siz bir million so‘m miqdoridagi xaridni amalga oshirdingiz va 50 foiz “nominali”dagi chiptani tortdingiz, bu esa sizga 500 ming so‘m qiymatidagi istalgan mahsulotni bepul olish imkonini beradi. Mablag‘ning yarmi cho‘ntagingizga qaytadi va xarid qilish ishtiyoqmandining xohishlarini amalga oshirsangiz bo‘ladi. Home Marketdagi shopingga qancha ko‘p pul sarflasangiz, sovg‘aga shuncha ko‘p foydaga ega bo‘lasiz. Vaucherdan 2015 yilning 31 dekabriga qadar faqat bir marta foydalanish mumkin. Chegirmalar va jamg‘arib borish kartasi bu aksiya uchun qo‘llanilmaydi.

Barabanda:

  • 50 foizli 150 ta chipta;
  • 20 foizli 500 ta chipta;
  • 15 foizli 800 ta chipta;
  • 10 foizli 1200 ta chipta;
  • 5 foizli 2000 ta chipta o‘z egalarinni intizorlik bilan kutmoqda.

Yangi yil bayramlari ham yaqinlashmoqda, archa ostiga qo‘yiladigan sovg‘alar haqida o‘ylab qo‘yish kerak. Do‘konda mahsulotlarning tanlovi shu darajada xilma-xilki, nafaqat uyimizni o‘zgartirishimiz, balki yaqinlarimizni ham xursand qilishimiz mumkin. Sovg‘ani esa aytganlaridek, kassadan uzoqlashmagan holda chiroyli qilib o‘rab berishadi.

Jorj Sand “sotuv vaqtida haqiqat o‘ladi” deb to‘g‘ri aytgan edi. Aktsiyaning haqqoniyligi bilan bog‘liq savollar yuzaga kelmasligi uchun Potrebitel.uz (Iste'molchi.uz) guruhi qatnashchilari mustaqil va rostgo‘y kuzatuvchilar vazifasini bajarishmoqda. Mazkur guruh vakillari barchasi haqqoniy bo‘lishini nazoratga oladilar: barabanning muhri, uning ochilishi.

Sovg‘alar uchun foizlardan tashqari, aksiya qatnashchilari multivarka, sovg‘a uchun oshxona to‘plamlari, Tefal tovalari, original qahva maydalagichlar va uy uchun zarur bo‘lgan boshqa narsalarni yutib olishlari mumkin.

Aktsiya emas, uyni jihozlash mavzusidan yiroq bo‘lganlar uchun ham bu baxtdir. Qulay narhlardagi eksklyuziv tovarlar, bunga qo‘shimcha tarzda yana sovg‘alar. Bu bilan yoqimli yangiliklarimiz yakunlanmaydi. Home Market o‘z qarorgohini kengaytirmoqda, tez kunlarda Toshkentning Sergeli tumanida ikkinchi do‘konning ochilishi bo‘lib o‘tadi. Bu esa shaharning turli tumanlarida istiqomat qiluvchi poytaxt aholisi uchun juda qulay. Ikkinchi do‘kon assortimenti ham iste'molchilarni mahsulotlar xilma-xilligi va a'lo darajadagi xizmat ko‘rsatish bilan quvontiradi. Home Market o‘z mijozlariga qulay bo‘lishi uchun qayg‘uradi!

Reklama xuquqlari asosida.

Top