20:46 / 12.10.2015
6176

KUN.UZ dayjesti: 12 oktabrda jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Obama: AQSh razvedkasi Rossiyaning Asadga yordam ko‘rsatish borasidagi rejalaridan boxabar edi>>

Rossiyaning Suriyadagi harbiy havo operatsiyasi AQSh uchun kutimagan hol bo‘lmadi, negaki razvedka prezident Bashar Asadga ko‘rsatilayotgan yordamni diqqat bilan kuzatib borayotgan edi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

The Guardian: Platini Yozef Blatterdan 2 million shveysariya franki olgan>>

FIFA vitse-prezidenti va UYeFA prezidenti Mishel Platini og‘zaki kelishuv asosida FIFA prezidenti Yozef Blatterdan 2 million shveysariya franki miqdorida mablag‘ olgan. Mazkur o‘tkazmani amalga oshirish jarayonida Platini va Blatter o‘rtasida yozma kelishuv imzolanmagan, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Poroshenko Donbassni qanday qilib qaytarishini aytdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassni qaytarib olish masalasida bayonot berdi. U mintaqada tinchlik o‘rnatilishini faqat Ukraina mudofaasining ishonchliligi ta'minlab bera olishini ta'kidladi.

Obama Rossiya AQShning birinchiligini shubha ostiga olish niyatida emasligini ta'kidladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi xatti-harakatlari bilan Vashingtonning jahon miqyosidagi birinchiligini shubha ostiga qo‘ymoqda, degan fikrga qo‘shilmaydi. Bu haqda u CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ekstremistlarning qamoqdan qochishi sababli Bishkekdagi muhim obektlar xavfsizligi kuchaytirildi>>

Qirg‘iziston bosh vaziri Bishkekdagi barcha strategik muhim obektlar kuchaytirilgan himoya ostiga olinishi to‘g‘risida topshiriq berdi. Bu haqda Temir Sariyev 12 oktabr kuni hukumatda o‘tkazilgan favqulodda yig‘ilishda ma'lum qildi.

AQSh: Asadga Rossiya va Eron bosim o‘tkazishi lozim>>

Suriyadagi siyosiy vaziyatni maromga keltirish uchun Rossiya va Eron Bashar Asad hukumatiga ta'sir o‘tkazishi kerak. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama 11 oktabr kuni CBS telekanalidagi “60 daqiqa” dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Bloomberg: Turkiya Rossiya gazidan faqat gapda voz kechishi mumkin>>

Turkiya Rossiya gazini import qilishdan og‘zaki tarzdagina voz kechishi mumkin, amalda esa Rossiya yetkazayotgan hajmdagi gazni boshqa biror davlatdan ololmaydi, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi.

Britaniya Rossiya samolyotlariga qarata o‘t ochilgani haqidagi gaplarni inkor qildi>>

Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Iroqda Rossiya samolyotlariga qarata o‘q uzishga buyruq berilgani haqida OAVda paydo bo‘lgan axborotni inkor qildi. Bu haqda idoraning rasmiy xabarnomasida aytildi.

Qirg‘izistonda qamoqdan qochgan 9 nafar terrorchidan 5 nafari qo‘lga olindi>>

Qirg‘izistonda Bishkekka yaqin hududda joylashgan qamoqxonadan dushanbaga o‘tar kechasi diniy ekstremizm va terrorizmda ayblangan 9 nafar jinoyatchi qochib ketgani xabar qilingandi.

Kreml: Putin Qozog‘istonga davlat tashrifi bilan boradi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2015 yilning 15-16 oktabr kunlari Qozog‘istonga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.
15 oktabr kuni Ostonada Rossiya yetakchisining tashrifi munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan. 

Turkiya bosh vaziri: IShID – Anqaradagi teraktlar bilan bog‘liq asosiy gumondor>>

Turk tergovchilari Anqaradagi teraktlarni katta ehtimol bilan IShID terroristik guruhi tashkil etgan, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda 12 oktabr kuni NV telekanali efirida Turkiya bosh vaziri Ahmed Dovudo‘g‘li ma'lum qildi.

Turkiya hukumati: Anqaradagi terakt qurbonlari soni 97 nafarga yetdi>>

10 oktabr kuni Turkiya tarixidagi eng qonli terakt tufayli halok bo‘lganlar soni 97 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri ma'muriyati qoshidagi muvofiqlashtiruvchi markaz tomonidan ma'lumot tarqatilgan.

YeXHT bosh kotibi tashkilot ichida bo‘linish yuzaga kelganini tan oldi>>

Dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyat tufayli Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotida Sovuq urush yillaridan buyon kuzatilmagan darajadagi jiddiy bo‘linish yuzaga keldi. Buni tashkiloti bosh kotibi Lamberto Zanner tan oldi.

Turkiya samolyotlari 17 kurd jangarisini yo‘q qildi>>

Turkiyaning Xakkari viloyatida mamlakat harbiy havo kuchlari tomonidan man qilingan Kurdiston ishchi partiyasining 17 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Turkiya bosh shtabi xabar qildi.

Niderlandiya Boeing bo‘yicha xalqaro tribunaldan voz kechdi>>

Malayziyaning Donetsk yaqinida urib tushirilgan Boeing samolyoti halokatini taftish qilayotgan xalqaro guruh tarkibiga kiruvchi mamlakatlar (Avstraliya, Niderlandiya, Malayziya, Ukraina va Belgiya) xalqaro tribunal boshlashdan voz kechdi. Bu haqda Niderlandiyaning Moskvadagi elchisi Ron van Dartel RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Top