18:13 / 12.10.2015
7524

NYT: G‘arb IShIDni xonavayron qila olmayapti

IShID jangarilari qimmatbaho yo‘ltanlamaslarda yurgani qayd qilingan videolavhalar G‘arbning ushbu guruhning moliyalashtirilishini to‘xtatishga bo‘lgan harakatlari omadli kechmayotganligidan dalolat beradi. Bu haqda The New York Times kolumnisti yozmoqda.

IShID uchun moliyaviy masala eng nozik hisoblanadi. Ayni paytda AQSh moliya vazirligi terrorchilar foydalanayotgan savdo yo‘nalishlarini aniqlash va yo‘q qilish bilan shug‘ullanmoqda. O‘tgan hafta departament terrorchilarning savdo operatsiyalariga monelik qiladigan axborot uchun 5 mln dollar mukofot va'da qildi.

Bir yil muqaddam MRB direktori Devid Koen IShIDda rejalarini amalga oshiradigan pullar yo‘qligini aytgan edi. Ammo ayni paytda jangarilar o‘z faoliyatiga millionlab dollar sarflamoqda. Yetakchilar jangarilarga har oy 500 dollardan maosh to‘laydi, qurollarga katta pul ajratad.i
Iroq va Suriyadan qazib olinayotgan neftdan terrorchi tashkilot ko‘rayotgan bir oylik daromad 40 mln dollarni tashkil qiladi.

Top