Ayni kunlarda O'zbekistonda 8.8 mln tonna sement ishlab chiqarilmoqda. 2020 yilda bu ko'rsatkich 16 mln tonnaga yetadi. Yangi texnologiyaga o'tilishi ishlab chiqarish hajmi va samaradorligining oshishiga omil bo'ladi.

“Bozorda to'rtta asosiy ishlab chiqaruvchi bor, ular sementning 90 foizini ishlab chiqaradi. Bular “Ohangaronsement”, “Bekobodsement”, “Qizilqumsement”, “Quvasoysement”, - deyiladi xabarnomada. – Mamlakatda jami 8.8 mln tonna mahsulot ishlab chiqariladi, 2020 yilda bu ko'rsatkich ikki barobarga o'sadi”.

Sputnik agentligining “O'zqurilishmollari” korxonasidagi manbalariga tayanib yozishicha, 2020 yilgacha mamlakatda sement ishlab chiqarishning “quruq” usuliga o'tiladi.
Bugungi kunda bu usulda 5 mln tonna mahsulot ishlab chiqariladi.