16:55 / 12.10.2015
4929

O‘zbekistonda 2016 yil 1 yanvardan boshlab korxonalarning elektr va gaz tarmoqlariga ulanishi osonlashtiriladi

O‘zbekistonda 2016 yil 1 yanvardan boshlab korxonalarning elektr va gaz tarmoqlariga ulanishi osonlashtiriladi. Bu haqda «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnali xabar tarqatmoqda.

Yangi hujjatga ko‘ra, korxonalar elektr va gaz tarmoqlariga ulanishi uchun «Yagona oyna» tamoyilidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona markazi orqali amalga oshiriladi. Mazkur onlayn tizim tuman va shahar hokimiyatlari qoshida tashkil qilinadi.

«Yagona oyna»ga kelib tushgan so‘rov bo‘yicha hududiy mas'ul tashkilot tomonidan besh kun davomida ulanishning texnik tomonlari o‘rganib chiqiladi va shundan so‘ng ikki tomonlama bitim imzolanadi.

Top