18:46 / 12.10.2015
3347

O‘zbekistonda 743 nuroniy bepul yurak jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi

O‘zbekistonda davlat dasturi doirasida 743 nuroniy bepul yurak jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi. Bunday yordam olganlarning aksariyati bepul tibbiy konsultatsiya va tekshiruvlar chog‘ida jarrohlik amaliyotiga tavsiya qilinganlar bo‘ldi.

Dasturda ishtirok etganlarning barchasida turlicha yurak xastaliklari kuzatilgani aytilmoqda.
743 bemorning ko‘pchiligi koronar tomirlarni stentlash yo‘li bilan davolangan. Ushbu yangicha metodika faqat 83 kishiga nisbatan qo‘llanmagan – ular aortokoronar shuntlash usuli bilan jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan.

Top