12:46 / 12.10.2015
5182

Poly Group korporatsiyasi O‘zbekistonda kauchuk zavodini qurishga kirishdi

Shina poly group corporation (qisqartmasi poly group) korporatsiyasi O‘zbekistonda kauchuk zavodini barpo etishga kirishdi, deya xabar bermoqda Sinxuanet.
Maxsus sanoat zonasidagi yangi zavod qurilishi joyida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov, Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Sun Litsze, Poly Group bosh direktori va Poly Technologies boshqaruv raisi Chjan Chjengao va boshqalar ishtirok etdi.
Qariyb 6 yil davom etgan muzokaralar va savdolardan so‘ng Poly Technologies o‘zbek tomonini sherik sifatida tanladi.

2014 yil avgustida O‘zbekiston prezidentining Xitoyga tashrifi chog‘ida Poly Technologies kompaniyasi «O‘zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan umumiy qiymati qariyb 185 mln dollar bo‘lgan injiniring, yetkazib berish va qurilish (engeneering, procurement, construction)ni o‘z ichiga olgan EPC bosh shartnomasini imzolagan edi.

Shu bilan birga, birinchi bosqichda yiliga 3 million dona avtomobil shinalari, 200 mingta qishloq xo‘jaligi shinalari hamda 100 ming metr konveyer lentasini ishlab chiqarish quvvatiga ega obektlarni qurish hamda tayyor holda foydalanishga topshirish maqsadi belgilangan.

2014 yilda o‘zbek tomoni taklifi bilan Poly Technologies loyiha jamoasi O‘zbekistonga ikki kunlik tashrif bilan keldi. Tashrif jarayonida tomonlar kelgusidagi rejalar tafsilotlarini muhokama qilishdi.

2014 yilning 4 dekabrida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Angren» erkin industrial zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.

Top