19:21 / 12.10.2015
4719

Poroshenko: Ukraina armiyasi o‘z mamlakatini himoya qila olishini ko‘rsatdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina himoyachisi kuni bilan harbiy qismlar komandirlarini tabriklar ekan, milliy armiya o‘z mamlakatini himoya qila olishini namoyish etib bera olganini alohida ta'kidladi.

“Biz butun dunyoga Ukraina armiyasi davlatini himoya qila olishini ko‘rsatdik. Umuman olganda, biz milliy xavfsizlik va mudofaa tizimini to‘g‘ri qurmoqdamiz, unda yangi formatsiyadagi komandirga, qahramon komandirga, vatanparvar komandirga, professional komandirga alohida o‘rin bermoqdamiz”, - uning so‘zlarini keltiradi UNIAN agentligi.

Shu bilan birga, Poroshenko ushbu bayram Ukrainaning haqiqiy qahramonlari, aksilterror operatsiyasi va harbiy to‘qnashuvchilar ishtirokchilariga bag‘ishlanishini ta'kidladi.

Top