09:06 / 12.10.2015
4267

Qirg‘iziston prezidenti devoniga yangi rahbar tayinlandi

Farid Niyazov Qirg‘iziston prezidenti devoni rahbarligiga tayinlandi. Prezident Almazbek Atambayev bu haqdagi qarorni 2015 yil 7 oktabr kuni imzoladi, deya xabar bermoqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati.

Bundan avval esa F.Niyazov prezident maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Shu vaqtga qadar Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti devoni rahbarligi mansabini Temir Jumaqodirov egallab kelgan edi. Ayni paytda esa u QR Mudofaa kengashi kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Top