11:08 / 12.10.2015
4024

Qoraqalpog‘istonlik ko‘ngillilar BMT mukofotini qo‘lga kiritishdi

BMT matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘ngillilar jamoasi BMTning “Orol dengizi fojiasi oqibatida zarar ko‘rgan aholiga yordam berish” dasturi doirasida “Ko‘ngillilik yo‘li bilan mingyillik maqsadlariga erishishga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasida “Xalqlar ovozi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2010-2015 yillar davomida ko‘ngillilar Qoraqalpog‘istonning beshta tumanida tuberkulez profilaktikasi va davolash ishlari bilan shug‘ullanib kelishdi. Ular jami 32 ming oila yoki 247 ming kishiga yordam ko‘rsatishdi.
Dasturda faoliyat yuritgan 1 730 ko‘ngillining 86 foizi ayollardir.

Top