11:52 / 12.10.2015
3727

The Guardian: Platini Yozef Blatterdan 2 million shveysariya franki olgan

FIFA vitse-prezidenti va UYeFA prezidenti Mishel Platini og‘zaki kelishuv asosida FIFA prezidenti Yozef Blatterdan 2 million shveysariya franki miqdorida mablag‘ olgan. Mazkur o‘tkazmani amalga oshirish jarayonida Platini va Blatter o‘rtasida yozma kelishuv imzolanmagan, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

Manbaning yozishicha, Platini va Blatter so‘roq davomida mazkur mablag‘ og‘zaki kelishuv asosida o‘tkazilganini tan olishgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA axloq qo‘mitasi Blatter va Platini go‘yoki 1999 yil iyun oyidan 2002 yilgacha davrda ishlari uchun 2011 yilning fevralida amalga oshirilgan noqonuniy pul o‘tkazmalari uchun 90 kunga futboldan chetlatilishgandi.

Shveytsariya qonunchiligiga ko‘ra, xodim shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni besh yil ichida olishi kerak bo‘ladi.

Top