10:50 / 12.10.2015
2957

Xavi: Tanlash imkoniyati bo‘lganida, «Manchester Yunayted»ga o‘tgan bo‘lardim

Qatarning "Al Sadd" klubida faoliyatini davom ettirayotgan "Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Angliya chempionatida o‘ynash orzusida bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

"Premer liga har qanday futbolchini o‘ziga tortishi turgan gap. Bu yer futbol o‘ynash uchun eng ajoyib joy: stadionlar, maydon, muxlislar va ular faqat futbol bilan yashashi - bularning barchasi bemisl darajada.

Angliyada ajoyib jamoalar juda ko‘p, agarda menda tanlash imkoni bo‘lganida, boy tarixga ega klubga borardim. Balki "Manchester Yunayted" yoki "Liverpul"da o‘ynardim.

Oxirgi vaqtlarda bir qator kuchli klublar paydo bo‘ldi, masalan "Manchester Siti". Ammo mening avvaldan sevimli klubim "MYu" bo‘lgan", - deydi yarim himoyachi.

Top