08:39 / 13.10.2015
6419

“Al-Qoida”ning Suriya filiali rahbari muxolifatni Rossiyaga javob berishga chaqirdi

“Al-Qoida” tashkilotining Suriya filiali bo‘lmish “Jabhat an-Nusra” rahbari Abu Muhammad al-Guloniy mamlakat muxolifatini Rossiyaning va alaviylar qo‘shinlarining hujumlariga javob berishga chaqirdi. U Rossiya harbiylarining sunniylarga uyushtirayotgan tartibsiz hujumlariga hujum bilan javob berish lozimligini ta'kidladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

YouTube servisidagi murojaatida al-Guloniy Rossiyaning Bashar Asadni saqlab qolishga bo‘lgan intilishi halokatga mahkum ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

“Suriyadagi urush ruslarni Afg‘oniston dahshatlarini unutishga majbur qiladi. Rossiyaning aralashuvi Suriyada musulmonlarning dushmanlari qo‘llagan oxirgi choradir”, - deyiladi murojaatda.

Shuningdek, radikallar rahbari Rossiyaning harakatlarini “xristianlarning sharqdan uyushtirilgan yangi salib yurishi” deb baholadi.

Top