18:19 / 13.10.2015
4982

“Qozog‘iston” brendi 11 mlrdga qimmatlashdi

2015 yilda “Qozog‘iston” brendi 6 foizga qimmatlashib, 164 dan 175 mlrd dollargacha ko‘tarildi. Mazkur ma'lumot Brand Finance kompaniyasi tomonidan tuzilgan mamlakatlar brendlari reytingida namoyon bo‘ldi, deya xabar qildi Nur.kz.
Qo‘shni respublika o‘z ko‘rsatkichlari bilan ro‘yxatning 44- qatoridan o‘rin egalladi.
19 trln 703 mlrd dollarga baholangan AQSh brendi bu borada ham yetakchi bo‘ldi.
Brand Finance mamlakatlar brendi reytingidagi narxlar majoziy ma'noga ega bo‘lib, ularni real pul mablag‘lariga aylantirish imkonsiz ekanini yashirib o‘tirishmadi. Biroq ushbu ro‘yxatning xorijlik sayyohlar va investorlarni o‘ziga jalb etishda ta'sir kuchiga ega ekani qayd etildi.

Top