10:45 / 13.10.2015
3892

12 oktabr kuni Quddusda arablar isroilliklarga hujum qilishi bo‘yicha 4ta holat qayd etildi

12 oktabr kunining ikkinchi yarmida pichoq bilan qurollangan arab millatiga mansub shaxs isroillik askarga hujum qildi. Bu esa shu kunning o‘zida bu bilan bog‘liq to‘rtinchi holat bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, hujum qilgan arabning fuqaroligi aniqlanmagan, u xavfsizlik xizmatlari tomonidan otib o‘ldirilgan. Uning jabrlanuvchisi jiddiy ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Biroz oldinroq, Quddusda arab millatiga mansub shaxslar tomonidan isroilliklarga nisbatan uyushtirilgan hujumlar tufayli 2 nafar politsiyachi jarohatlangandi.

Shuningdek, Quddus sharqida ikki nafar yosh isroillik o‘qqa tutilgan va jarohatlangan. Ularga hujum qilgan falastinliklardan biri otib o‘ldirilgan, yana biri esa jarohatlangan ahvolda qo‘lga olingan.

Keyingi haftada Quddusda arablar va isroilliklar o‘rtasida ziddiyatlar kuchaymoqda. O‘tgan haftada arablar tomonidan amalga oshirilgan hujumlarni bartaraf etish chog‘ida 25 nafar falastinlik otib o‘ldirilgan. Ularning hujumlari tufayli halok bo‘lgan isroilliklar vakillari soni 5 nafarni tashkil qilmoqda.

Oldinroq falastinlik ayol G‘arbiy sohil bo‘yidagi nazorat hududida politsiya tomonidan to‘xtatilganda o‘zida o‘rnatilgan portlovchi qurilmani ishga tushirgan, portlash natijasida ayol va politsiya xodimi zarar ko‘rishgandi.

O‘tgan haftada Isroil politsiyasi falastinliklarning qadim shahar Quddusdagi Al-Aqsa masjidiga kirishini cheklab qo‘ygandi.

O‘tgan hafta oxirida o‘sha hududda yuzaga kelgan to‘qnashuvlar natijasida ikki nafar isroillik fuqaro falastinliklar tomonidan pichoqlab ketilgandi. Aynan mana shu sabab Eski shahar falastinliklar uchun yopib qo‘yilgandi.

10 oktabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat shaharlaridagi tartib va nazoratni kuchaytirish maqsadida zaxiradagi harbiy politsiyachilar qurollantirilishi haqida ma'lum qildi.

O‘z navbatida G‘azo sektoridagi "Hamas" radikal guruhi rahbari Ismoil Xaniya falastinliklarni o‘z harakatlarini davom ettirishga chaqirgan.

Top