07:28 / 13.10.2015
3194

Yevro-2016 saralashi, "S" guruhi. Slovakiya yo‘llanmaga ega bo‘ldi

12 oktabr oqshomida bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan keyin Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida yana 3ta guruhda bosqich yakuniga yetdi.

"S" guruhida Ukraina terma jamoasi Ispaniyaga yutqazdi. Natijada ukrainlar eng yaxshi 3-o‘rin sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qit'a chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishdi. Ular pley-offda ishtirok etishadi.

Lyuksemburg maydonida g‘alaba qozongan Slovakiya esa Ispaniyadan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘ldi.

Guruhda birinchi o‘rinni egallagan Ispaniya 27 ochko to‘pladi. Slovaklar hisobidagi ochkolar soni 22ta bo‘ldi, Ukraina esa 19 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. 

Yevro-2016 saralash, 10-tur
"S" guruhi
Ukraina – Ispaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 21 Mario Gaspar.
Ukraina – Pyatov, Fedetskiy, Shevchuk, Rakitskiy, Kucher, Yarmolenko, Konoplyanka, Rotan (Zinchenko, 87), Garmash (Rybalka, 58), Stepanenko, Kravets (Seleznev, 87).
Ispaniya – De Xea, Aspilikueta, Echeyta, Nacho, San Xose, Isko, Alkantara, Nolito (Alba, 75), Fabregas (Mata, 64), Mario Gaspar, Pako Alkaser (Buskets, 85).
Ogohlantirishlar: Kucher (23), Alkantara (36), San Xose (53), Stepanenko (60), Fedetskiy (77), De Xea (88).

Belarus – Makedoniya 0:0 (0:0, 0:0)
Belarus – Gorbunov, Volodko, Politevich, Polyakov, Sivakov, Dragun (Putilo, 73), Bressan, Stasevich, Nexaychik (Kislyak, 61), Gordeychuk, Signevich.
Makedoniya – Mitov-Nilsson, Ristovski, Shikov, Moysov, Brdarovski (Abduraximi, 73), Ibraimi (Nestorovski, 86), Juta, Trichkovski, Stepanovich (Alimi, 84), Traykovski, Petrovich.
Ogohlantirishlar: Juta (49), Dragun (63), Kislyak (75).

Lyuksemburg – Slovakiya 2:4 (0:3, 2:1)
Gollar: 0:1 – 24 Gamshik, 0:2 – 29 Nemets, 0:3 – 30 Mak, 1:3 – 61 Much, 2:3 – 65, penalti Jyerson, 2:4 – 90 Gamshik.
Lyuksemburg – Juber, Filipps, Shano, Delgado (Turpel, 81), Much, Payyal (Maljye, 57), Yans, Pereyra, Jyerson, Bensi (Till, 66), Joakim.
Slovakiya – Kozachik, Gubochan, Shkrtel, Domber, Shvento, Pechovski, Kutska, Gamshik, Mak (Sabo, 87), Vayss (Shestak, 72), Nemets (Yakubko, 79).
Ogohlantirishlar: Much (9), Filipps (20), Payyal (49), Yans (63), Kutska (65), Shestak (84), Shkrtel (90).

Top