00:58 / 13.10.2015
4407

Yevropa Ittifoqi Aleksandr Lukashenkodan 4 oyga sanksiyalarni oldi

Yevropa Ittifoqi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni 4 oyga bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma'lum qildi.

Bu haqda Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat kotibi Arlem Dezir ma'lum qildi.

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Lukashenkodan sanksiyalarning vaqtinchalik olinishi qarori Belarusdagi prezidentlik saylovlaridan keyin qabul qilinishini aytgan edi. Bundan tashqari, diplomatik manba ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi kengashi avgust oyida Belarusda afv etilgan 6 nafar siyosiy mahbus va Minskning Ukrainadagi ixtilofni hal qilishdagi ko‘magi sababli Lukashenkodan sanksiyalarning olinishi mumkinligi haqida fikr bildirgan.   

Ma'lumot uchun, Aleksandr Lukashenko 11 oktabrda Belarusdan o‘tgan prezident saylovlarida 83,49 foiz oldi va 5-muddatga o‘zida prezidentlik vakolatlarini saqlab qoldi.

Top