20:31 / 13.10.2015
5832

Islom Karimov Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani va prezident lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda Belarus prezidenti matbuot xizmati.

Islom Karimov Lukashenko nomiga yo‘llagan tabrigida Belarus bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning o‘zaro hurmat asosida rivojlanishi va mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Ma'lumot uchun, Aleksandr Lukashenko 11 oktabrda Belarusda o‘tgan prezidentlik saylovlarida 83,49 ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va navbatdagi muddatga prezident kursisini egalladi.

Top