17:36 / 13.10.2015
5795

JCh-2018 uchun saralash: 6-tur uchrashuvidan keyin KXDR O‘zbekistondan 4 ochko oldinga o‘zib ketdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 saralash musobaqasi bo‘yicha asosiy raqibi KXDR o‘z maydonida, 6-tur uchrashuvida Yamanni mag‘lub etdi.

O‘yinnnig 12-daqiqasida Yong Il-Chan tomonidan kiritilgan yagona gol, yakunda maydon egalariga kichik hisobdagi g‘alabni taqdim etdi.

Shu tariqa, KXDR ochkolari sonini 13taga yetkazib oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egallashi uchun Toshkentdagi o‘yinda shimol koreyslarini mag‘lub etishi lozim.

JCh-2018 saralashi

KXDR – Yaman 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0, 12 penalti Yong Il-Chan.
KXDR: Ri Myong Guk, An Byong-Yun,Chol Ri-Sang, Yang Kuk-Chol, Yong Il-Chan, Yon Chang-Ik, Kang Kuk-Chol, Ri Chol M, Ri Xyok Chol, Ri Yong-Chol, Sin Xyon Jin.
Yaman: Ayash M., Al X. A., Al Xubaishi SHCH., Al Yarshi A., Alos A., Al Radayei M., Al Sarori A., Al Zubairi X., Anbar O., Boyashan M., Moxammed F.
Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 20:00da guruhning yana ikki vakili Bahrayn va Filippin o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi.

Top