19:09 / 13.10.2015
4748

Jibril Sisse Valbuenaga tama qilishda ayblanib, hibsga olindi

«Marsel», «Liverpul» va «Kuban» jamoalarining sobiq futbolchisi Jibril Sisse boshqa bir fransuz futbolchisi, «Lion» jamoasi yarim himoyachisi Mate Valbuenaga nisbatan tamgirlik qilishda ayblanib, qo‘lga olingan.

U bilan birgalikda ushbu jinoyatga aloqadorlikda ayblanib, yana 3 kishi hibsda bo‘lib turibdi.
Bu shaxslar Valbuenadan uning intim videolarini oshkor etmaslik uchun pul talab qilishgan.

Qayd etilishicha, Sisse bu shaxslar bilan yaqin tanishligi uchun bu ishga tortilgan.
Shuningdek, tamagirlar qo‘lidagi videolavhalar Valbuenaga aloqador ekani tasdiqlanmagan.
Ba'zi xabarlarda Sisse bu ishda aybsizligi uchun tez orada qo‘yib yuborilishi aytilgan.

Top