09:32 / 13.10.2015
3685

Makedoniyaga to‘rt oy ichida kirib kelgan 135 ming muhojirning 5 mingi tashlab ketilgan bolalar

To‘rt oy ichida qo‘shni Gretsiya tomonidan Makedoniya Respublikasi hududiga keyinchalik G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga o‘tib olish uchun Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan qariyb 135 ming nafar noqonuniy muhojir kirib keldi. Respublika IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, ularning ko‘pchiligi Suriya fuqarolaridir.

“2015 yil 19 iyundan 12 oktabrgacha 134,75 ming xorij fuqarosi qayd etilgan bo‘lib, ularning 88,09 ming nafari erkaklar, 17,98 mingi ayollar va 23,73 nafari o‘z ota-onalari bilan yo‘lga chiqqan bolalardir. Shuningdek, muhojirlarning qariyb 5 ming nafari tashlab ketilgan bolalardir”, - deya qayd etiladi Makedoniya huquqni muhofaza qilish organlari.

Makedon IIV ma'lumotiga ko‘ra, muhojirlarning aksariyat qismi suriyaliklar bo‘lib, ular soni 95,3 ming nafarni tashkil etadi. Ular qatorida afg‘onlar (21 ming), iroqliklar (8,8 ming), pokistonliklar (3,3 ming), shuningdek, Bangladesh, Eron, Kamerun, Kongo, Nigeriya, Falastin, Somali, Sudan, Eritreya va Efiopiya fuqarolari ham bor.

Shu bilan birga, respublika IIV rasman ro‘yxatdan o‘tgan muhojirlarning bor-yo‘g‘i 68 nafari Makedoniyadan qochqin maqomi berilishi so‘rab murojaat qilganiga ham e'tibor qaratdi. Ularning barchasi suriyaliklardir.

Top