14:33 / 13.10.2015
3560

OAV: Afg‘oniston janubida bomba portlashi natijasida bir politsiyachi halok bo‘ldi

12 oktabr kuni Afg‘oniston janubida portlash sodir etilishi oqibatida bir politsiyachi hayotdan ko‘z yumdi, yana biri jarohatlandi. Bu haqda Tolo News agantligi xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi-xudkush Qandahor viloyatida o‘zini portlatib yuborgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmadi.

Hozircha birorta ham terroristik guruh terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Top