22:06 / 13.10.2015
3457

O‘zbekiston Markaziy banki: xorijiy investitsiyalar hajmi 1,5 mlrd dollardan oshdi

2015 yilning dastlabki 6 oyi ichida O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmidan 1,5 mlrd dollarni (21,3 foiz) 11 foizlik o‘sish bilan xorijiy mablag‘lar va kreditlar, shu jumladan 1,2 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki bergan ma'lumotlar darak bermoqda.

O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 160,9 mln dollarlik 63 ta loyiha amalga oshirildi. Kichik biznesni rivojlantirish uchun xalqaro moliyaviy institutlarning 86,4 mln dollarlik kredit liniyalari o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston banklar uyushmasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaviy hujjatlarni tayyorlashni moliyalashtirish jamg‘armasi ko‘magida kichik biznes sub'yektlarining 16,7 mlrd so‘mlik 24 ta loyihasi moliyalashtirildi.

Top