16:06 / 13.10.2015
3709

Rustam Assakalov va Ixtiyor Navro‘zov UWW reytingida o‘z vazn toifalarida ikkinchi o‘rinlarga ko‘tarilishdi

Birlashgan jahon kurashi (UWW) sentabr oyi yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli kurashchilari reytingini yangiladi.

Yunon-rum kurashchisi Rustam Assakalov va erkin yo‘nalishdagi kurashchi Ixtiyor Navro‘zov o‘z vazn toifalarida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Bu haqda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda AQShning Las-Vegas shtatida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati bahslarida Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi bo‘yicha, 85 kg) va Ixtiyor Navro‘zov (erkin kurash, 65 kg) o‘z vazn toifalarida kumush medallarni qo‘lga kiritishgan va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki olimpiada litsenziyalarini taqdim etishgandi.

Yunon-rum kurashi. -85 kg:
1 – Jan Belenyuk (Ukraina),
2 – Rustam Assakalov (O‘zbekiston),
3 –Habibulla Axlagi (Eron).

Erkin kurash. -65 kg:
1 – Frank Chamizo (Italiya),
2 – Ixtiyor Navro‘zov (O‘zbekiston),
3 – Sayyed Muhammadi (Eron).

Mavsumning qolgan qismida ham bir qator turnirlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan Ozarbayjonning Boku shahrida Golden Gran-pri musobaqasining final bosqichi tashkil qilinadi va mazkur musobaqadan keyin ham reytinglarda o‘zgarishlar

Top