08:55 / 13.10.2015
3111

STS “Perets” kanalining o‘rniga “Che” kanalini ochishi ma'lum bo‘ldi

Rossiyaning “STS Media” kompaniyasi “Perets” telekanalini yopib, “Che” nomli yangi kanal ochishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi xabar berdi.

Kompaniya “Perets”ning agressiv brendidan qutulib, jiddiyroq loyiha yaratmoqchi.
Aytilishicha, “Che” “mehribon va kuchli erkaklar” oilaviy tomosha qilishi mumkin bo‘lgan kanalga aylantiriladi.

Kanal nomi “chelovek” (inson), “chest” (g‘urur), “uvlecheniya” (qiziqish), “chempiony” (chempionlar) so‘zlari hamda Che Gevara ismi bilan assotsiatsiya tarzida tanlandi.

Top