11:53 / 13.10.2015
6802

Tunisga IShID safidan tunislik jangarilar qaytib kelishmoqda

Tunis va Jazoir chegarasida jangarilar tunislik harbiylarga hujum qilib, ulardan 2 nafarini o‘ldirishdi va 4 nafarini qattiq jarohatlashdi.

Tunis Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, askarlarga Kasserin tumani hududida hujum uyushtirilgan.

Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, bu hujum uchun javobgarlikni "Al-Qoida" tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

Tunisda 2015 yilning iyun oyi oxirida Sus shahrida yuz bergan teraktdan keyin joriy qilgan favqulodda holat saqlanib qolmoqda.

Susdagi terakt ijrochisi sifatida Liviyadagi jangarilar lagerida tayyorlangan 23 yoshli talaba Sayfiddin Rezgi qo‘lga olingan. Ushbu terakt tufayli 39 nafar xorijlik sayyoh halok bo‘lgan.

Xalqaro kuzatuvchilarning fikricha, Tunisning Liviya bilan chegarasida vaziyat og‘irligicha qolmoqda. Shuningdek, Tunisga Suriya va Iroqdagi IShID safidan tunislik jangarilar qaytib kelishni boshlashgan.

Susdagi teraktdan oldinroq, 2015 yilning martida Bardo muzeyida amalga oshirilgan terakt tufayli 22 kishi halok bo‘lgandi.

Top