23:25 / 13.10.2015
4861

Ukraina Malayziyaga tegishli Boeing samolyotining “Buk” raketasi bilan urib tushirilgani modellashtirilgan rolikni namoyish qildi

Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Gennadiy Zubko Ukrainada Malayziyaga tegishli Boeing samolyotining falokatga uchrashining o‘z versiyasini taqdim qildi, deb xabar bermoqda “RBK-Ukraina” nashri.

Zubkoning aytishicha, samolyot Snejnoye aholi punktidan otilgan “Buk-M1” raketasi bilan urib tushirilgan. Zubko matbuot anjumanida “Buk”ning samolyot bilan to‘qnashishi modellashtirilgan rolikni namoyish qildi.

Zubkoning aytishicha, videoda “raketa Snejnoyedan chiqqani va samolyot favqulodda qo‘nishni ham amalga oshirolmasligi maqsadida uchuvchilarni mo‘ljalga olishga qaratilganligini” ko‘rish mumkin.

“Rolikdan bu nazorat qilinmaydigan hududda oldindan rejalangan terakt ekanligini ko‘rish mumkin”, deb ta'kidlab o‘tdi Zubko.

Zubkoning ta'kidlashicha, bu fojianing modellashtirilishi “Niderlandiya tomonining texnik hisobotidagi xulosalarga aniq mos keladi”.

Samolyotning falokatga uchrashini tergov qilish komissiyasi samolyot “Buk” zenit majmuasi raketasi bilan to‘qnashganda uchuvchilar bir lahzadayoq halok bo‘lganlari haqidagi xulosa kelgan.

Top