09:53 / 13.10.2015
4964

Vals: IShID safida jang qilgan 130 nafar Fransiya fuqarosi yo‘q qilindi

Fransiya o‘z xavfsizligiga tahdid tug‘dirib, bevosita mamlakat hududida teraktlarni sodir etishni rejalashtirayotgan IShID terroristik guruhiga qarshi kurash olib bormoqda. Yaqin Sharq mamlakatlari bo‘ylab safarga otlangan Fransiya bosh vaziri Manyuel Vals shunday bayonot bilan chiqdi.

“Biz IShID bilan Fransiya hududida teraktlar tayyorlashga hozir bo‘lgani uchun kurash olib borayapmiz”, - dedi Vals BFM TV telekanali efirida.

Fransiya HHK samolyotlari fransiyalik terroristlar ham mashg‘ulotlar olib borayotgan Suriyadagi IShID tayyorgarlik lagerlariga aviazarbalar bermoqda. Ekspertlarning qayd etishicha, ular Yevropaga qaytgan taqdirda, xavfsizlik uchun jiddiy tahdid tug‘dirib, maxsus xizmatlar uchun haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin.

Valsning ta'kidlashicha, Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlar mobaynida jami bo‘lib 136 nafar Fransiya fuqarosi yo‘q qilingan. Ular orasida bir necha xudkushlar ham bo‘lib, ular IShID tomonidan yirik aholi punktlari va harbiy blok-postlar oldida teraktlar sodir etishi uchun maxsus tayyorlangan.

Top