14:59 / 13.10.2015
7986

Xorazmda noyob baliq turini avaylash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda

Xorazmdagi Ma'mun akademiyasi olimlari katta osyotrsimonlar oilasiga kiruvchi baqra balig‘ini saqlab qolish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda u faqat Amudaryoda saqlanib qolgan. Ammo turli sabablarga ko‘ra ushbu tur populyatsiyasi O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritiladigan ahvolga kelib qoldi. Amudaryo bo‘yida yashovchi aholi ushbu baliq shifobaxsh xislatlarga ega deb hisoblaydi.
Olimlar bu turni saqlab qolish uchun ularni maxsus havzalarda saqlab, sun'iy ravishda ko‘paytirishni yo‘lga qo‘ymoqda.

“O‘tgan yili biz Amudaryoning Xonqa tumanidan oqib o‘tadigan qismini tekshirdik, - dedi akademiya raisi Zokir Rajabov “Xalq so‘zi” gazetasi bilan suhbatda. – Natijada baqra baliqlarining bir qanchasi ushlandi. Ular maxsus yaratilgan suv havzalariga qo‘yib yuborilib, o‘sha yerda ko‘paytirilmoqda. Baqra baliqlari uchun yomg‘r chuvalchanglari va krevetkalardan iborat maxsus ratsion ishlab chiqildi”.

Top