18:57 / 14.10.2015
2418

“O‘zbekturizm” Parijdagi IFTM Top Resa yarmarkasida ishtirok etdi

29 sentabrdan 2 oktabrgacha Parijda IFTM Top Resa turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan “O‘zbekturizm” milliy aksiyadorlik kompaniyasi ishtirok etdi.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston fransiyalik turistlar uchun eng diqqatga sazovor yo‘nalishlardan biri sanalgan. Oxirgi 17 mobaynida “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotlari muntazam ravishda Toshkent-Parij-Toshkent reyslarini amalga oshirib kelmoqda. Aynan shu tufayli yarmarkada O‘zbekiston stendiga diqqat qaratilgan.

FTM Top Resa ili International French Travel Market Fransiyaning eng nufuzli turistik yarmarkasi hisoblanadi. Joriy yilda unda 152 mamlakatdan tashrif buyurgan 1 559 brend ishtirok etdi.

Top