09:49 / 14.10.2015
4387

BMT: Suriya shimolida 40 ming kishi uylarini tashlab chiqib ketdi

BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bergan bayonotga ko‘ra, oxirgi besh kun ichida Suriya shimolida 40 ming kishi vaziyatning murakkablashgani bois o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“4-9 oktabr kunlari 7 ming oila, bu esa 40 ming kishi degani, Suriya shimolidagi Xama viloyatida vaziyatning keskinlashgani bois hududni tashlab chiqib ketishdi”, - dedi u BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotlariga tayangan holda.

Vaziyat hukumat qo‘shinlari va muxolifat o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning shiddatli tus olgani, shuningdek, Rossiyaning aviazarbalari tufayli keskinlashgan.

Top