09:54 / 14.10.2015
2688

Braziliya prezidenti muxolifatni davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi bo‘lganlikda aybladi

Braziliya prezidenti Dilma Rousseff muxolifatni uni prezident lavozimidan chetlatish va mamlakatda adovat muhitini yaratish yo‘li bilan davlat to‘ntarishi amalga oshirmoqchi bo‘lganlikda aybladi.

“Muxolifat dalillarining sun'iyligi, qonunlarning normal ishlashiga qarshi to‘ntarish amalga oshirish istagi yaqqol ko‘rinib turibdi”, deb aytdi Rousseff 13 oktabrda San-Pauluda o‘tgan tadbirlardan birida kasaba uyushmalari xodimlari bilan uchrashuvida.

Gap muxolifatning prezidentni impichment qilish jarayonining boshlanishiga erishishga harakat qilayotgani haqida bormoqda. Braziliya muxolif siyosiy partiyalari sentabrda kongressga Rousseffning lavozimidan chetlatishi va soliq qonunchiligi qoidabuzarliklariga aloqadorligi  va o‘tgan yili o‘zining qayta saylanishini moliyalashtirish uchun davlat mablag‘larini sarflashda gumon qilib, unga qarshi tergov o‘tkazish taklifini kiritdi.

Braziliya prezidentining aytishicha, u muxolifat bosimiga bas kelish niyatida emas. “Ularda uyat degan narsa yo‘q, chunki ular hokimiyat tepasida bo‘lganlarida o‘zlari qilgan narsalarga o‘zlari qarshi ovoz berdilar”, deb aytmoqda Rousseff.

Top