23:04 / 14.10.2015
3611

Google vitse-prezidenti Umid Kurdistoniy Twitter`ning ijrochi direktori etib tayinlandi

Google vitse-prezidenti Umid Kurdistoniy Twitter`ning ijrochi direktori sifatida ishlashda davom etadi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy tvitteri orqali xabar berilgan.

"Umid Kurdistoniy bizning yangi ijrochi direktorimiz bo‘ladi", deb yoziladi bu tvitda.

O‘z navbatida Kurdistoniy ham yangi ishi haqida ma'lum qilib, Twitter jamoasiga qo‘shilganidan mamnun ekanini bildirgan.

U endilikda, kompaniya rahbarligini o‘z qo‘liga olgan Jyek Dorsi bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadi.

Biroz oldinroq, Twitter kompaniyasi o‘z xodimlari sonini qisqartirishi, mavjud 4100 o‘rin 8 foizga kamaytirilib, 336 nafar xodimga javob berilishi aytilgandi.

Top