21:37 / 14.10.2015
8497

Iroqda IShID boshliqlaridan biri yo‘q qilindi

IShID terrorchilik guruhining boshliqlaridan biri Iroq hududida yo‘q qilindi. Dala qo‘mondonining yo‘q qilingani haqidagi xabar Iroq terrorchilikka qarshi kurash markazida ma'lum qilindi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar berdi.

Abu Salmon al-Askariy ismli ushbu terrorchi Bayji shahri uchun jangda yo‘q qilindi. Iroq armiyasi bu shahar uchun janglarni 14 oktabrda boshladi. Bu strategik jihatdan muhim bo‘lgan shahar yaqinida Iroqdagi eng yirik neft qayta ishlovchi zavod joylashgan. Shahar Iroqning kattaligi jihatidan ikkinchi shahri hisoblangan Mosuldan 150 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 2014 yil iyunida terrorchilar tomonidan bosib olingan edi.

Top