21:59 / 14.10.2015
8143

KUN.UZ dayjesti: 14 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 14 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Rossiya BMTning maxsus elchisidan AQShga IShID haqida ma'lumotlar olish muhimligini tushuntirishni so‘radi>>

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov BMTning maxsus elchisi Staffan de Mistura bilan uchrashuvi davomida undan Vashingtonga Suriyada IShIDning aniq parametrlarini olish muhimligini yetkazib qo‘yishini so‘radi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

Dushanbe yaqinida neft bazasida yuz bergan portlash tufayli 4 kishi halok bo‘ldi>>

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri yaqinida joylashgan neft bazasida portlash yuz berishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan.

Sathay Pacific aviakompaniyasi Rossiya raketalari tufayli Kaspiy dengizi ustidan parvozlarni to‘xtatdi>>

Gonkongning eng yirik aviakompaniyasi Cathay Pacific Eron va Kaspiy dengizi ustidan parvozlarni Suriyadagi jangarilar pozitsiyalariga Kaspiy dengizidan Rossiya raketalari otilayotgani sababli to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda South China Morning Post nashri ma'lum qildi.

Latviya islom davlatiga aylanishi bashorat qilinmoqda>>

Latviya 50 yildan keyin islom davlatiga aylanadi. Bunday bayonot bilan Latviya Islom madaniyati markazi matbuot kotibi Robert Klimovich chiqdi, deb xabar bermoqda Delfi nashri.

Yevropa chempionatida ishtirok etadigan 20ta jamoa nomi aniq bo‘ldi>>

2016 yilgi Yevropa chempionati uchun o‘tkazilgan saralash bahslaridan so‘ng Fransiya maydonlarida to‘p suradigan 20 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi.

Amerikalik kongressmen Snoudenni AQShning eng zararli sotqini deb atadi>>

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi(MXA)ning sobiq xizmatchisi Edvard Snouden mamlakat tarixidagi “Amerikaning eng zararli sotqini”, uning tarafdorlari esa xoinning qanchalar “zarar keltirishi” to‘g‘risida shunchaki tasavvurga ega emas.

OAV: MH17 halokati haqidagi hisobot asosiy savollarni javobsiz qoldirdi>>

AQSh matbuotida kecha Niderlandiyada Malayziyaning Ukraina osmonida urib tushirilgan Boeing-777 samolyotining halokati taftishi natijalariga ko‘ra e'lon qilingan hisobot yuzasidan bir qancha materiallar e'lon qilindi.

Hijriy-qamariy hisob bo‘yicha 1437 yil kirib keldi>>

Bir qancha musulmon mamlakatlaridagi oy kuzatuvi tadqiqiga ko‘ra, chorshanba, 14 oktabr kuni yangi 1437 hijriy yilning muharram oyi kirib keldi.

Rossiya va AQSh elchilari Turkiya TIVga chaqirildi>>

Rossiya va AQSh elchilari Turkiya TIVga chaqirildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Rosneft”: Saudiya Arabistoni Rossiya neftiga qarshi narx urushini boshladi>>

Saudiya Arabistoni Rossiya neftini Yevropa bozoridan siqib chiqarish uchun urush boshladi. Sentyabr oyida Saudi Aramco dengiz yo‘li orqali Polshaga neft yetkazib berishni boshladi va Yevropaga Rossiyaning Urals rusumli neftidan ham arzonroq narxda mahsulot taklif eta boshladi.

Nabiullina Rossiyaning qo‘rqinchli tushi qanaqa bo‘lishini aytdi>>

Barreli 50 dollar miqdoridagi neft narxlarining 15 yil mobaynida saqlanib turishi Rossiya uchun eng qo‘rqinchli narsa emas. Iqtisodiy o‘zgarishlarning sekinligi mamlakatning chinakam qo‘rqinchli tushiga aylanishi mumkin.

Qirg‘izistonda besh oylik qizaloq ochlik sababli olamdan o‘tdi>>

Qirg‘izistonning Issiq-Ko‘l tumanida 5 oylik qiz ochlikdan vafot etdi. Bu haqda Turmush huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga asoslanib xabar berdi

O‘zbekiston o‘tkazish punktlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlashga 20 mln dollar ajratadi>>

O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi 9 kirish punktini qo‘shni mamlakatlardagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishiga tayyorlashga 20 mln dollar ajratadi. Bu haqda FVV vakili xabar qildi.

Xitoyda aqliy xasta ayollarni sotib kelgan erkaklar qo‘lga olindi>>

Xitoyda aqliy xasta ayollarni sotib olib, ularni turli hududlarda sotib kelgan bir guruh odamfurushlar qo‘lga olindi. The South China Morning Post nashrining yozishicha, jinoyatchilar asiralarini cho‘chqaxonada saqlab kelishgan.

IShID 47 nafar jangarisini dezertirlik uchun qatl etdi>>

IShID jangarilari guruhning 47 nafar a'zosini Iroq shimoli-sharqidagi Bayji shahrida jang maydonini tashlab qochgani uchun qatl ettirdi. Bu haqda Iroq milliy armiyasi ma'lumotiga asoslanib, RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Maxsus xizmatlar foydalanuvchilarni veb-kameralar orqali kuzatadilar>>

Internetning istalgan foydalanuvchisini telefon orqali tinglash, statsionar kompyuterning veb-kamerasi orqali kuzatish mumkin, deb aytdi axborot texnologiyalari sohasi mutaxassisi Aleksandr Galata “Sputnik Moldova” nashriga bergan intervyusida.

Chinara Asanova: IShID qirg‘izistonliklarni qanday qilib yollamoqda?>>

Sputnik agentligining kolumnisti Chinara Asanova IShID nega qirg‘izistonliklarning diqqatini tortayotgani, nega ushbu mamlakatning ayrim fuqarolari Suriya va Iroqqa ketib qolayotganini maxsus maqolada ko‘rib chiqdi.

Top