08:51 / 14.10.2015
4439

Lavrov: AQSh Kosovoni BMT forumiga taklif qilib, Pan Gi Munni qiyin vaziyatga solib qo‘ydi

AQSh hukumati Nyu-Yorkda o‘tgan BMT forumiga Kosovo vakillarini taklif qilib, tashkilot bosh kotibi Pan Gi Munni qiyin vaziyatga solib qo‘ydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Birinchidan, nega bunday tadbirni aynan BMT Bosh Assambleyasi qoidalaridan tashqarida, unga bog‘lamasdan, lekin tashkilot binosida o‘tkazish kerak? Ikkinchidan, taklif qilinganlar ro‘yxati... Nega kimlardir chekkada qolib ketganini tushunmayman.

Masalan, Kosovo vakillari BMTga a'zo davlatlar qatori taklif qilindi”, - dedi Rossiya diplomatiyasi boshlig‘i.
Uning fikricha, bunday xatti-harakatlari bilan AQSh bosh kotibni zarba ostiga qo‘ygan.

Top