19:14 / 14.10.2015
3757

O‘zbekiston o‘tkazish punktlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlashga 20 mln dollar ajratadi

O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi 9 kirish punktini qo‘shni mamlakatlardagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishiga tayyorlashga 20 mln dollar ajratadi. Bu haqda FVV vakili xabar qildi.

Aytilishicha, ushbu punktlar ro‘yxatiga Termizdagi daryo porti, Kelesdagi temir yo‘l stansiyasi, shuningdek, to‘rt viloyatdagi avtomobil yo‘llari ustidagi nazorat-o‘tkazish punktlari kiritilgan.

“Ular modernizatsiya qilinadi, bu ishlarga 55 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ ajratiladi”, - dedi vazirlik vakili Sputnik agentligi bilan suhbat chog‘ida.

Top