23:54 / 14.10.2015
3825

Pentagon: AQShda jangovor obektlarga eng katta xavfni mahalliy ekstremistlar soladi

AQSh hududida Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi va harbiy obektlarga eng jiddiy xavf xorijdan emas, balki mahalliy ekstremistlardan solinadi. Bu haqda AQSh quruqlikdagi qo‘shinlar general-leytenanti Perri Uiggins jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. Uiggins quruqlikdagi qo‘shinlarning “Shimol” qo‘mondonligiga boshchilik qilib, bu qo‘mondonlik AQShning qit'adagi qismida joylashgan harbiy baza va obektlarini qo‘riqlash va favqulodda vaziyatlarda fuqarolik muassasalariga ko‘mak berishga javob beradi.

“AQSh hududida harbiy bazalar uchun xatarlar nimalardan iborat?” degan savolga Uiggins ikkilanishsiz quyidagicha javob berdi: “Men uchun yakuniy xulosa shundan iboratki, bunda katta muammo zo‘ravonlikdan foydalanuvchi mahalliy ekstremistlar hisoblanadi”. Uigginsning ta'kidlashicha, bu radikal elementlar “o‘z tabiati bo‘yicha hech qanday ogohlantirishlarsiz harakat qiladi”. 

Generalning aytishicha, AQSh Mudofaa vazirligi bu muammoni hal qilish yo‘llarini qidirmoqda. “Bu murakkabdir”, deb ta'kidlab o‘tdi Uiggins. Uning qayd etishicha, bu ishdagi asosiy qiyinchiliklardan biri AQSh  hukumatining ekstremistlarning rejalaridan “xabardorligini” ta'minlashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi bu xavflar kimga qaratilgan bo‘lsa, ularni bundan o‘z vaqtida xabardor etishdan iborat. “Men uchun bu eng muhim jihatdir”, deb aytdi general.

Top