01:11 / 14.10.2015
13683

Pentagonda IShIDning jangarilari haqidagi oxirgi ma'lumotlar e'lon qilindi

Pentagon Suriyada va Iroqda IShIDning 30 minggacha jangarisi faolligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Bizning baholashimizcha, u yerda 20 mingdan 30 minggacha dushman jangchilari bor”, deb aytdi Pentagon vakili Stiv Uorren.

Uorren AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDga qarshi operatsiyalar davomida 20 mingga yaqin jangarini yo‘q qilgani haqidagi xabarga izoh bermadi.

Top