17:59 / 14.10.2015
2730

Plyushchenko: Menga xitoyliklar terma jamoasini boshqarish taklif etilgandi

Figurali uchish bo‘yicha ikki karra olimpiada chempioni, rossiyalik Yevgeniy Plyushchenko unga Xitoy erkaklar terma jamoasini boshqarish taklif qilinganini ta'kidlab o‘tdi.

«Ha, menga Yaponiyadan taklif bo‘lgandi. Shuningdek Xitoy erkaklar terma jamoasini boshqarish bo‘yicha ham variant mavjud edi. Man menda rossiyalik yoshlar bilan ishlash va ularni yuqori cho‘qqilarga olib chiqish istagi kuchlilik qildi», — deya Plyushchenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «R-Sport» nashri.

Top