09:42 / 14.10.2015
2718

Qirg‘iziston tashqi savdosi 17.2 foizga qisqardi

2015 yilning o‘tgan davri mobaynida Qirg‘izistonning tashqi savdo hajmi 17.2 foizga qisqardi. Bu haqda milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, yanvar-avgust o‘rtasida eksport 3 foizga, import 21.1 foizga qisqargan. Oltin hisobga olinmaganda, eksport hajmi 27.5 foizga qisqardi.
MDH davlatlariga yetkazmalar 26.9 foizga, boshqa davlatlarga yetkazmalar 29.1 foizga qisqardi.

Bu holat kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, kiyim-kechak mahsulotlari eksportining qisqarishi bilan bog‘liqdir.

Top