09:38 / 14.10.2015
2535

Qirg‘izistonda YaIM 292 mlrd somdan oshdi

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida Qirg‘izistonning yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6.3 foizga oshib, 292.889 mlrd somni tashkil qildi. Bu haqda milliy statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

“Qumtor” korxonalari hisobga olinmasa, YaIM 271 mlrd somni tashkil qildi, o‘sish – 4.1 foiz.

Hisobot davrida sanoat mahsulotlari hajmi 126.615 mlrd dollarni tashkil qildi, o‘sish – 17.4 foiz. “Qumtor” korxonalari hisobga olinmasa, 69 mlrd som.

Top