10:29 / 14.10.2015
2533

Ronaldu: Yana 5-6 marta “Oltin butsa” mukofotini olishni istayman

“Real” hujumchisi 2014/15 mavsumlar uchun “Oltin butsa” sohibiga aylangach, o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi.
“Bu mukofot men uchun o‘ta zarur. Men hayron qolmadim. Men yanada ko‘prog‘ini — uni besh yoki olti marta qo‘lga kiritishni xohlayman.
Buning uchun “Real” barcha mukofotlarni qo‘lga kiritishi lozim. Biz La Ligani, Chempionlar ligasini va Ispaniya Kubogini yutishni istaymiz.
O‘ylaymanki, biz keyingi yil yana uchrashamiz (mukofot olganimdan so‘ng)”, - deb o‘tgan Ronaldu.

Top