16:19 / 14.10.2015
3030

Tarpishchev: Xalqaro tennis federatsiyasi setlardagi geymlar sonini qisqartirmoqchi

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tennis uchrashuvlarining tomoshabopligini oshirish maqsadida setlardagi geymlar sonini qisqartirmoqchi. Bu haqda Rossiya tennis federatsiyasi prezidenti (FTR) Shamil Tarpishchev TASS axborot agentligiga ma'lum qildi.

«Xalqaro federatsiya o‘yin vaqtini biroz chegaralash maqsadida uchrashuv o‘tkazish formatini qaytadan ko‘rib chiqmoqchi.

Ular bitta setda g‘alaba qozonish uchun sportchi oltita emas, to‘rtta geymni yutishini kifoya qiladigan formatni ko‘rishni istashmoqda», — deya ta'kidladi Tarpishchev.

Top