07:58 / 14.10.2015
3298

Turkiya Yevro-2016 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Yevro-2016 saralashidan o‘rin olgan guruh bosqichiga yakun yasaldi.

Turkiya terma jamoasi bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, o‘yinning 89-daqiqasida Islandiya darvozasiga kiritilgan to‘p evaziga guruhda nafaqat 3-o‘rinni egalladi, balki eng yaxshi 3-o‘rin egasi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Turklarga safardagi uchrashuvda Qozog‘iston Latviyani mag‘lub etish orqali yordam berdi.

Gollandiya esa so‘nggi turda ham Chexiyaga yutqazdi va Yevropa chempionatidan quruq qoldi.

10 tur natijalariga ko‘ra, Chexiya 22 ochko, Islandiya 20 ochko, Turkiya 18 ochko oldi. Gollandiya 13 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

Yevro-2016 saralash, 10-tur
"A" guruhi

Turkiya – Islandiya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89 Inan.
Turkiya – Babajan, Ozbayrakli, Aziz, Balta, Shen (Bulut, 75), Tufan, Turan, Oz'yakup (Tore, 62), Chalxanoglu (Tosun, 72), Inan, Erkin.
Islandiya – Kristinsson, Arnason, Sevarsson, Sigurdsson, Byarnason, Skulason, Gunnarsson, Gudmundsson, Sigurdsson, Sigtorsson (Finnbogason, 88), Bedvarsson (Kyartansson, 82).
Chetlatish: Tore (77).

Gollandiya – Chexiya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 24 Kaderjabek, 0:2 – 35 Shural, 0:3 – 66, avtogol van Persi, 1:3 – 70 Xuntelar, 2:3 – 83 van Persi.
Gollandiya – Zut, van Deyk (Dost, 64), Bruma, Ridevald (van Persi, 39), Blind, Sneyder, Veynaldum, Depay, Tete, El-Gazi (Lens, 69), Xuntelar.
Chexiya – Chex, Suxi, Gebre Selassi, Kaderjabek, Kadlets, Darida, Pavelka, Plashil (Shkoda, 86), Shural (Kalas, 71), Netsid (Proxazka, 46), Skalak.
Chetlatish: Suxi (43).

Latviya – Qozog‘iston 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 65 Kuat.
Latviya – Vanin, Dubra, Maksimenko, Gabov, Gorksh, Tsaunya (Vishnyakov, 72), Layzans, Zyuzin (Ikauniyeks, 83), Rakel, Shabala, Vishnyakov (Karashausks, 57).
Qozog‘iston – Pokatilov, Shomko, Suyumbayev, Smakov, Logvinenko, Nuserbayev (Gurman, 82), Kuat, Engel, Dosmagambetov (Konisbayev, 69), Malyy, Xijnichenko (SHCHetkin, 90).

Top