16:00 / 14.10.2015
3020

UYeFA Moldova futbol federatsiyasiga intizomiy jazo choralari qo‘llashi mumkin

UYeFA Yevro-2016 saralashi doirasida o‘tkazilgan Moldova va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdagi voqealar bo‘yicha intizomiy ish ochdi.

Moldova futbol federatsiyasiga nisbatan tribunadagi tartibsizlik, muxlislarning irqchilik harakatlari olib borishi va stadionga yonuvchi moslamalar olib kirgani bo‘yicha ish ochilgan.

Bu ish 2015 yilning 22 oktabr kunida ko‘rib chiqilishi aytilgan.

Top