21:19 / 15.10.2015
19267

“Vazir bo‘lsam, seni otib tashlayman”: Nikolay Lukashenko haqida nima bilamiz?

2015 yilning 11 oktabr kuni Belarusda navbatdagi prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Aleksandr Lukashenko yana prezident etib saylandi. U mazkur lavozimga 1994 yilda ilk marotoba kelgan.

Uning monarxiya boshqaruv tizimini xush ko‘rishi to‘g‘risidagi fikrlar tez-tez quloqqa chalinmoqda, hatto uning vorisi ham bor, 2008 yildan beri uning o‘g‘li Nikolay hamma yerga otasi bilan birga tashrif buyuradi. So‘nggi vaqt davomida u Xitoy interneti yulduziga aylanish, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasiga borish, Jyerar Deparde bilan o‘t o‘rish, styuardessani tishlab olish va oltindan ishlangan to‘pponchani sovg‘a sifatida qabul qilib olishga ulgurdi.

Amerika prezidentining mehmoni

1 oktabrda internetda surat paydo bo‘ldi: Nikolay Lukashenko nafaqat Bosh Assambleyadagi chiqish vaqtida, balki Amerika prezidenti Baraka Obamaning qabulida ham otasi bilan birga edi.

Tug‘ilish tilsimi

Nikolay Lukashenko Aleksandr Lukashenkoning uchinchi o‘g‘li, u 2004 yilning 31 avgustida nikohdan tashqari tug‘ilgan. Lukashenko uni 2007 yilda tan olgan, biroq Kolyaning onasi kim ekanligi hanuz noma'lum. U belaruslik prezidentning sobiq shaxsiy vrachi Irina Abelskaya edi, degan fikrlar bor. Biroq tabiiyki, buni Lukashenkodan bevosita so‘rashga hech kim botina olmaydi.

G‘aroyib inson

Aleksandr o‘g‘li to‘g‘risida 2007 yildan boshlab ochiq gapira boshladi. O‘sha vaqtda u o‘g‘lini g‘aroyib inson deya atadi va katta o‘g‘illariga umid qilmasligi, ularni vorislari deya hisoblamasligini aytdi. Kolya esa uning fikriga ko‘ra, prezident bo‘lishi mumkin. Kolya o‘sha vaqtda bor-yo‘g‘i uch yoshda edi, shunga qaramay, Lukashenko o‘zining fikrlarini qo‘rqmay bildira oldi. “Juda harakatchan, nokamtarlik uchun uzr, juda aqlli. U 5 yoshida, hali 5 yoshga ham to‘lmagan, biroq hamma narsani tushunadi, qayerda nima mumkin, nima mumkin emas biladi. Shuning uchun bilasizmi, qo‘pol qilib aytganda, u mening tumorim, shuning uchun hamma yerda o‘zim bilan birga olib yuraman”, - degan edi Belarus prezidenti.

Suratda: 29.09.2009. Belarus. Brest. Nikolay “G‘arb 2009” tezkor-strategik o‘quv-mashqlarining so‘nggi bosqichida Brest oblastining “Obuz-Lesnovskiy” poligonida

Murakkab xarakter

Kolyaning murakkab xarakteri to‘g‘risida afsonalar bor. Bu esa nima uchun u doim rasmiy va ommaviy tadbirlarda otasi bilan birga ekanligini qisman tushuntiradi. O‘zining intervyularidan birida Aleksandr Lukashenko o‘g‘lini hech kim bilan qoldira olmasligi, u faqat otasigagina quloq solishini aytgandi.

Nikolay 2008 yilning aprel oyida omma oldida ilk bora paydo bo‘lgan. “Kuz 2008” o‘quv-mashqlari paytida u otasi bilan ma'ruzalarni qabul qilib olgan, bir yil o‘tgach esa “G‘arb 2009” harbiy mashqlar vaqtida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Kolyaga oltin to‘pponcha hadya qildi. Ko‘plab suratlarga qaraganda, ushbu to‘pponcha doim Kolyaning yonida.

Yoqimsiz hodisa

Nikolay Lukashenkoning murakkab xarakteri to‘g‘risida afsonalar bor. OAV bergan xabarlarga ko‘ra, u bir kuni samolyot eshigini yopishga ruxsat bermaganligi uchun styuardessani tishlab olgan. Jahli chiqqan bola: “Vazir bo‘lsam, seni otib tashlayman”, deya baqirgan.

PR-kampaniya

Ba'zi OAVlar Nikolayning Belarus siyosiy maydonida paydo bo‘lishi Lukashenkoning britaniyalik jamoa bilan ishlovchi mutaxassis Timoti Bell o‘ylab topgan G‘arbdagi PR-kampaniyasining bir qismidir. 

Otaning tarbiyasi

Financial Times hamda Frankfurter Allgemeine Zeitung nashrlariga bergan intervyusida Aleksandr Lukashenko o‘g‘li Nikolayni qay tarzda tarbiya qilayotgani haqida shunday degan edi: Kolya bir yoshga to‘lganida, men uni qo‘lidan ushlab, bug‘xonaga olib bordim, tabiiyki, u yig‘ladi. Endilikda esa bug‘xonada u 100 gradusga teng bo‘lgan, hovuzda esa 28 gradus haroratga chiday oladi. Bunga qo‘shimcha tarzda u muz vanna ham qabul qila oladi.

Keyinchalik matbuot konferensiyasida Lukashenko uyda internet tufayli bo‘ladigan mojarolar haqida gapirgan: “Mening 6 yoshli o‘g‘lim uyda bir pasda internetga “kirib ketadi”. Men unga kitoblar beraman. Bu jarayon esa mojarogacha boradi”.

Yana shunisi ma'lumki, Lukashenko o‘g‘lini “jajjivoy” deb ataydi.

Voris

2012 yilda Venesuelaga qilgan tashrifida Aleksandr Lukashenko bir necha yillardan keyin o‘g‘li Belarus prezidenti bo‘lishini aytgan. Kimdir buni hazil deya qabul qildi, biroq Lukashenko bu fikrini yana bir bor takrorladi, bundan tashqari, inson prezident bo‘lib tug‘ilmaydi, prezident bo‘lib yetishadi deya qo‘shimcha qildi.

Bechora Kolya

“Belarus qo‘shma fuqarolik partiyasi” rahbari Anatoliy Lebedkoning 2012 yilda bergan intervyusida Belarusda Nikolayga qanday munosabatda ekanliklari ma'lum bo‘ldi: “Belarusda bu hammaning g‘ashini keltiradi. Nikolayga achinishadi, odamlar shunday deyishadi: “Bechora bola”. Generallarning unga chest berishi esa masxaraga aylangan.

Suratda: 26.09.2013. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘g‘li Nikolay bilan bilan “Gojskiy” “G‘arb-2013” harbiy o‘quv mashqlarining yakuniy bosqichida.

Rasmiy tashriflar

O‘zining 11 yoshida Nikolay Lukashenko Vladimir Putin, Viktor Yushchenko, Dmitriy Medvedev, Mishel va Barak Obama va hatto Rim papasi Benedikt XVIni taniydi. Ilk uchrashuvlar bolakay uchun qiyin kechgan, u chalg‘ir edi, zerikardi, otasini chalg‘itar, tizzasiga o‘tirib olar, ba'zida esa otasining chiqishi vaqtida uning so‘zini bo‘lib, uyga ketishni so‘rardi. 

Suratda: 07.02.2014. Armaniston prezidenti Serj Sargsyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘g‘li bilan Sochida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiada o‘yinlarining ochilish vaqtida

Kolyaning ta'tillari

Nikolay Lukashenko tez-tez sayohat qilishiga qaramay, otasining so‘zlariga qaraganda, bu uning maktabdagi darslariga xalaqit qilmaydi. 

Suratda: 12.08.2015. Aleksandr va Nikolay Lukashenko Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif va uning rafiqasini kutib olmoqda.

“Mitti shahzoda”

Aleksandr Lukashenko yana bir bora o‘z o‘g‘lini Pekinga G‘alabaning 70-yilligini nishonlash marosimiga olib bordi. Nikolay xitoylik internet foydalanuvchilarini zabt etdi, ular Kolyani “mitti shahzoda” deya nomladilar, “belaruslik prezident o‘g‘li” heshtegi xitoylik internet segmenti cho‘qqisini egalladi.

Nyu-Yorkka sayohat

BMT Bosh Assambleyasining 2015 yil 29 sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Nikolay Aleksandr Lukashenkodan keyingi yana bir vakilga aylandi. U zalda delegatsiya tarkibida tashqi ishlar vaziri va matbuot kotibi o‘rtasida o‘tirdi. Bundan tashqari, Nikolay otasi bilan “11 sentabr” yodgorligiga tashrif buyurdi.

Top