12:04 / 15.10.2015
3379

24 granatani sotayotgan kiyevlik qo‘lga olindi

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida butun boshli qurol-yarog‘ arsenali sotilishiga barham berildi, deya xabar berdi Ukraina xavfsizlik xizmati.
“Poytaxtning Desyanskiy tumanida Kiyev shahar va poytaxt UXX bosh boshqarmalari xodimlari tomonidan butun boshli arsenalni sotishga harakat qilgan jinoyatchi qo‘lga olindi.

Uning garaji tintuv qilinganida, 24ta F-1, RPG va RGD granatalari, 42 detonator, ikkita patronlar oboymasiga ega Makarov to‘pponchasi, 36ta portlash imitatori va ikki mingga yaqin turli kalibrdagi patronlar topildi”, - deyiladi xabarda.
Jinoyatchiga nisbatan qurol-yarog‘lar bilan noqonuniy muomalada bo‘lish aybi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top