20:39 / 15.10.2015
2796

Amerikalik mast holda nogironlar aravachasini haydagani uchun hibsga olindi

Florida shtati, Palm Bey shahrida yashovchi amerikalik o‘z nogironlik aravachasi bilan mahalliy ko‘prikdagi avtomobillar qatnovini to‘xtatib qo‘ydi.

Aravachada mast holda bo‘lgan 54 yoshli Ronni Skott Xiks hibsga olindi, deb ma'lum qilmoqda Metro.

Amerikalik alkotesterdan o‘tishga rozi bo‘lmagan. Bundan tashqari, u yuzida avvaldan bo‘lgan jarohatini ham ochishlariga ruxsat bermagan. Uni Brevard okrugidani qamoxonaga yetkazishgan.

Metro nashrining yozishicha, Ronni Skott politsiya tomonidan uchinchi bor hibsga olinishi (nashr bularning sababini ham keltirib o‘tgan).

Top