16:49 / 15.10.2015
2691

Bill Geyts jamg‘armasi Ukraina xoldingining 5 foiz aksiyalarini sotib oldi

Microsoft asoschisi Bill Geyts nazorati ostidagi Cascade Investment investitsion jamg‘armasi Ukrainaning qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi “Kernel” xoldingining 5 foiz aksiyalarini sotib oldi. Bu haqda kompaniya xabarida so‘z boradi.

Cascade Investment “Kernel” aksiyalarining 3,9 mlntasiga egalik qildi.
“Kernel” Ukraina agrosanoat sektorida 1995 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, kungaboqar yog‘i, don va shrot (taxtakunjara) eksport qilish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan hisoblanadi.

Xususan, 2013–2014 yillarda “Kernel” 5 mln tonna don mahsulotlari eksport qildi. 2015 moliyaviy yilning 9 oyi (1 iyul — 31 mart) yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sof daromadi 85,5 mln dollargacha ortib, o‘tgan yilni xuddi shu davrida 67,6 mln dollarlik zarar ko‘rgan edi. EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning eskirishi, nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq ziyonlarni hisobdan chiqarishgacha bo‘lgan operatsion daromad) esa 338 mln (2014 yilda — $135,4 mln) dollarni tashkil etdi.

Top